Transmilliy uchrashuv 5

RUECVET LOYIHASINING 5-CHI TRANSMILLIY UCHRASHUVI

 

2018 yilning 6-10 noyabr kunlari Erasmus+ dasturi doirasidagi RUECVET loyihasining navbatdagi 5-transmilliy uchrashuvi Qoraqalpog’istonning Nukus shahrida, Nukus davlat pedagogika institutida bo’lib o’tdi.

Uchrashuvning ilk kunida barcha loyiha ishtirokchilari NukDPI rahbariyati tomonidan iliq kutib olindi, NukDPI rektori B.Otemuratov tomonidan uchrashuv va seminar ochiq deb e’lon qilindi va seminar-treningning unumli ish faoliyati uchun samimiy tilaklar bildirildi. So’ng barcha loyiha ishtirokchilari va mehmonlar loyiha doirasida NukDPI da Milliy ECVET  Trening Markazi ochilish marosimida qatnashishdi. Ushbu markaz grant hisobidan zamonaviy kompyuterlar va multimedia vositalari bilan jihozlangan bo’lib, videokonferensiya, on-layn va off-layn rejimlarida tinglovchilar uchun treninglar tashkillashtirish imkonini beradi. Institut rektori hamda chet ellik hamkor davlatlarining ishtirokchilari o’z nutqlari davomida markaz ishiga va kelajakdagi faoliyatiga omad va zafarlar tilashdi hamda mahalliy OAVga bu haqda axborot berishdi. RDKPU, TvDU va QDPI loyiha koordinatorlari ularning OTMlarida tashkil qilingan shunday trening markazlari faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berishdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi oldingi uchrashuvda rejalashtirilgan ishlar natijalari bo’yicha hamkorlarning hisobotlarini tinglash va kelgusi rejalarni tuzishdan iborat edi. Seminarda bo’lsa ECVET bo’yicha  elektron o’quv materiallari, jumladan Master Guide kabi ECVET Yo’riqnomasi, va boshqa elektron o’quv vositalari bazasini shakllantirish, milliy trening markazlari faoliyatini tashkillashtirish masalalarini muhokama qilish nazarda tutilgan.

Uchrashuv davomida barcha ishtirokchilar loyihaning umumiy rivojlanish jarayonini tahlil qilishdi va barcha ishlar o’z vaqtida, tasdiqlangan reja bo’yicha olib borilayotganligini ta’kidlashdilar. Hamkorlar ECVETni Rossiya va O’zbekistonda sinovdan o’tkazish uchun imzolangan Anglashuv Memorandumlari asosida hamkorlikning amaliy jihatlarini muhokama qilishdi.

Seminar doirasida qatnashchilar ECVET milliy trening markazlarida kasb-hunar va oliy ta’lim o’qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkillashtirish masalalari, jumladan trening kursining tuzilishi, hajmi,  mazmuni va metodologiyasini ishlab chiqish, Canvas platformasida tashkil qilinayotgan o’quv kursi uchun o’quv resurslarini yaratish, tinglovchilar guruhlarini shakllantirish va o’quv jadvalini tasdiqlash masalalari qarab chiqildi.

Loyiha web saytining yangi, barcha mobil qurilmalar uchun moslashtirilgan, versiyasi taqdim qilindi. Sayt interfaol bo’lib, unda teskari aloqa – on-layn rejimda ECVET milliy ekspertlari bilan savol-javob – funksiyasi mavjud.

NukDPIda tashkil etilgan uchrashuv barcha loyiha ishtirokchilari uchun juda ham samarali va foydali bo’ldi. Uchrashuv davomida loyihaning keyingi bosqichlarida amalga oshiriladigan ishlar, ish paketlari asosida tashkil etiladigan faoliyat turlari, topshiriq hamda vazifalar belgilab olindi. Mehmonlar qoraqalpoq xalqining an’analari va tarixiy obidalarini ko’rishga muyassar bo’ldilar va shuningdek, mehmonlar uchun ko’hna Xivaga sayohat uyushtirildi.