Transmilliy uchrashuv 3

HAMKORLARNING 5-CHI UCHRASHUVI LIEPAYADA BO’LIB O’TDI

 

2018-yilning 23-27-aprel kunlari Latviya davlatining Liyepaya Universitetida hamkorlarning uchinchi transmilliy uchrashuvi va seminar bo’lib o’tdi.

Ushbu uchrashuv ishtirokchilari oldida ikkita asosiy masala turgan edi:

  1. RUECVET metodologiyasi. Bunda Yevropalik hamkorlar RUECVET metodologiyasi bo’yicha o’zlarining tajribasi asosida seminar ishtirokchilariga batafsil ma’lumotlar berishdi hamda ECVET/RUECVET metodologiyasi yordamida o’quv dasturlarini konvertatsiya qilish va RUECVET trening kurslari / mashg’ulotlari bo’yicha kasbiy malaka oshirish dasturining loyihasini birgalikda ko’rib chiqdilar.
  2. ECVET doirasida hamkorlikni yo’lga qo’yish. Ushbu faoliyat davomida Rossiya va O’zbekiston ishtirokchilari ECVET sinov birliklari tizimini sinovdan o’tkazishda hamkorlikni shakllantirish maqsadida, bir xil o’quv natijalari birliklari ECVET metodikasi va funksional analiz metodi bo’yicha ishlab chiqqan hamkorlar o’z-aro Anglashuv Memorandumlarini tuzishni qaror qildilar.

Bundan tashqari, seminar qatnashchilari Latviyaning poytaxti Riga va Liyepaya shahrining tarixi hamda madaniy hayoti bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo’ldilar. Uchrashuv tashkilotchilari Liyepaya hamda Riga bo’ylab ekskursiyalar uyushtirdilar. Uchrashuv qatnashuvchilari bu maskanning tarixiy yodgorliklaridan va tabiyat go’zalliklaridan bahramand bo’ldilar.