Transmilliy uchrashuv 2

 

ROSSIYA VA O‘ZBEKISTON KASBIY TA’LIM TIZIMIDA YEVROPA SINOV BIRLIKLARI TIZIMINI (ECVET) TAJRIBA-SINOVDAN O’TKAZISH

11-15 Sentabr 2017. Qo‘qon, O‘zbekiston

1     2

2017 yilning 11-sentabrdan 15-sentabrgacha Erasmus+ dasturining «RUECVET/Rossiya va O‘zbekiston kasbiy ta’lim tizimida tajriba-sinovdan o‘tkazish» (Ta’lim, audiovizual vositalar va madaniyat bo‘yicha ijroiya agentligining 574097-EPP-1-2016-1-CY-EPPKA2-CBHE-JP sonli granti) loyihasi hamkorlari Qo‘qon Davlat Pedagogika Institutida konsortsium vakillari va loyiha Boshqaruv qo‘mitasining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Latviya, Kipr, Malta, Rossiya va O‘zbekistondan bo‘lgan asosiy hamkorlar loyihaning amalga oshishi, ECVET metodologiyasi, zaruriy bo‘lgan amalga oshirish jarayonlari va bosqichlari, sifat nazorati rejasini astoydil muhokama qildilar.

Ikkinchi xalqaro uchrashuv doirasida ECVET metodologiyasi va ta’lim bo’limlari bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminar ikki bo‘limga ajratilgan holda tashkil etildi. Seminarning birinchi qismi ECVETni joriy etish boyicha qo‘llanma yaratishning asosiy tamoyillariga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar kichik guruhlarda ECVET metodologiyasi ustida ish olib bordi, ECVET bo‘yicha Rossiya va O‘zbekiston kasbiy ta’lim tizimi uchun zaruriy bo‘lgan metodologik tuzatishlar aniqlandi.

Seminarning ikkinchi bo‘limida mehmonxona ishi, elektrotexnika, ijtimoiy ta’minot kabi malakalar bo‘yicha ta’lim natijalarining tanlab olingan bo’limlari muhokama qilindi. Shuningdek, sinovdan o‘tkazish bo‘yicha tanlab olingan malakalar bo‘yicha ta’lim natijalari bo’limlarini yaratish uchun zaruriy bo‘lgan shakl bo‘yich kelishuvga kelindi.

Seminarda Qurilish va xizmat ko‘rsatish kolleji direktori, viloyat kengashi deputati, ayol tadbirkorlar jamiyati a’zosi, o‘rta maxsus ta’lim o‘qituvchilari kuratori G. I. Hamidova ishtirok etdi. U o‘z nutqida kasb-hunar ta’limi tizimida ro‘y berayotgan islohotlar va mazkur yo‘nalishning O‘zbekistonda rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

2017 yilning 13 sentabrida loyiha uchrashuvi doirasida “Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini isloh etishda milliy malakaviy ramkalarning roli” mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi.Seminar ishida QDPI rektori A. G‘.Eminov, loyihaning O‘zbekiston, Rossiya va Yevropadan a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim vazirligi, O‘zbekistondagi Erasmus+Milliy ofisi vakillari, Milliy komanda ekspertlari, ish beruvchilar, tashkilot va oliy ta’lim muassasasi namoyondalari ishtirok etdi

Kommentariy qoldiring

Your email address will not be published. Required fields are marked *