Toshkent va Samarqand viloyatlarida ECVET seminarlari

RUECVET loyihasi natijalarining bardavomiyligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlar doirasida O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus Ta’lim Vazirligi bilan hamkorlik o’rnatildi. RUECVET loyihasi Milliy koordinatori A.I. Tureniyazovaning O’zbekiston Respublikasi OO’MTV vazirining kasbiy ta’lim bo’yicha o’rinbosari Xolmuxamedov M.M. bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Milliy KHT tizimiga kredit tizimini joriy etish bo’yicha amalga oshirish uchun zarur bo’lgan harakatlar muhokama qilindi va ushbu yo’nalishdagi birinchi qadam bo’lib KHT rahbarlarini  RUECVET loyihasi natijalari, shu jumladan ECVETni amalga oshirish bo’yicha tavsiyalar bilan tanishtirish ishlari belgilandi. Shu maqsadda Toshkent va Samarqand shaharlarida seminarlar tashkil etildi.

2019 yil 12 noyabr, Toshkent

2019 yil 12-noyabr kuni RUECVET Erasmus + loyihasining Milliy koordinatori, ECVET bo’yicha milliy ekspert Asiya Tureniyazova “RUECVET loyihasi natijalari va ECVET(kasb-hunar ta’limi uchun Evropa kredit tizimi)ni O’zbekistonda tatbiq etish bo’yicha tavsiyalar” mavzusida kasb-hunar ta’limi muassasasalarining o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari uchun seminar o’tkazdi. Seminar O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus ta’lim Vazirligi huzuridagi Pedagogik innovasiyalar, Kasb-hunar ta’limi raxbar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshiish institutida (PII) tashkil etildi.

Taqdimotda ECVET-ning asosiy afzalliklari, masalan, o’quv natijalarining shaffofligi, akademik va mehnat mobillik imkoniyatlari, shuningdek, mehnat bozori (ish beruvchilar)ning tez o’zgarib turadigan talablarini qondirish uchun yoshi katta, imkoniyatlari cheklangan insonlar, migrantlar va hok. uchun ham  individual traektoriya bo’yicha hayot davomida ta’lim olish uchun keng imkoniyatlar aytib o’tildi.

Shuning bilan birga ishtirokchilarga KHT holati to’g’risidagi milliy hisobot, ECVET bo’yicha qo’llanma, ECVET asosida ishlab chiqilgan o’quv natijalari bloklari, o’quv dasturlari namunalari, milliy kasb-hunar ta’limi tizimida ECVETni amalga oshirish bo’yicha tavsiyalar, www.ruecvet.uz loyihasi web-sayti, ECVET bo’yicha on-line va off-line kurslar haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi.

 

2019 yil 13-noyabr, Samarqand

2019 yil 13-noyabr kuni PII xodimlari va Erasmus+ RUECVET loyihasining Milliy koordinatori Asya Tureniyazova Samarqand viloyat kasb-hunar ta’limini rivojlantirish mintaqaviy boshqarmasida viloyat kasb-hunar kollejlari direktorlari va o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari bilan uchrashuv tashkil etdilar. Uchrashuv boshida A. Tureniyazova qatnashchilardan milliy kasb –hunar ta’limi tizimidagi muammolari va tizimni takomillashtirish bo’yicha oldimizda turgan vazifalarni keltirib o’tishni so’radi. Bunday muammolar bitiruvchilarning o’z mutaxassisliklari bo’yicha ishlashi va raqobatbardoshligi yo’qligi, talabalarning ishtiyoqi pastligi, o’quv muassasasi va ish beruvchilar o’rtasidagi katta tafovut, o’quv dasturlarining zamon talablariga mos kelmasligi, talabalar bilan akademik almashinish imkoniyatining yo’qligi va boshqalar. Ilg’or mamlakatlar tajribasidan foydalangan holda, xalqaro standartlar asosida KHT tizimini tubdan o’zgartirish zarurligi ta’kidlandi.

So’ngra Asiya Tureniyazova Evropa va O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi (TET) ni takomillashtirish tajribasi bo’yicha seminar o’tkazdi, ECVET, Evropadagi kasb-hunar ta’limi sifatini boshqarish institutlarining afzalliklari, asosiy mexanizmlari va vositalari bilan tanishtirdi, o’quv natijalari, kreditlar, kompetentsiyalar tushunchalari bilan tanishtirdi va RUCEVT loyihasining natijalarini taqdim etdi. ECVETni O’zbekistonning kasb-hunar ta’limi tizimida amalga oshirish bo’yicha asosiy tavsiyalar taqdim etildi.

IPI mutaxassisi Dadaxon Xushmurodov seminar ishtirokchilarini O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Kasb-hunar ta’limi bo’yicha vazir o’rinbosari rahbarligida professional ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo’yicha ishlab chiqilayotgan me’yoriy va uslubiy hujjatlar haqida ma’lumot berdi.

Kommentariy qoldiring

Your email address will not be published. Required fields are marked *