Nukus va Urgench OTMlari uchun Erasmus+ Informasion seminarida RUECVET loyihasining natijalari taqdimoti

2019 yil 6 sentyabrda Nukusda NEO tomonidan tashkillashtirilgan Nukus (Qoraqalpog’iston) va Urganch (Xorazm) universitetlari uchun loyihalarni boshqarish bo’yicha ma’lumot seminari va trening bo’lib o’tdi. Nukus davlat pedagogika institutida loyiha koordinatori Asiya Tureniyazova Erasmus + RUECVET va MAGNET loyihalarining yutuqlari haqida taqdimot qildi. Seminar qatnashchilariga loyihalarning maqsadlari, olingan natijalar va barqarorlik davri rejalari to’g’risida batafsil ma’lumotlar berildi.