Nukus davlat pedagogika instituti komandasi Qoraqalpoqstondagi uchta kollejda

Nukus davlat pedagogika instituti komandasi Qoraqalpoqstondagi uchta kollejda: Nukus ijtimoiy-iqtisodiy kollej, kompyuter texnologiyalari kolleji va avtomobil va yo’l qurish kolleji – bir qator seminar-treninglar o’tkazdi. Ushbu kollej o’qituvchilari bilan birgalikda tanlab olingan kvalifikasiyalar bo’yicha kvalifikasiya komponentlari – “unitlar”, yani o’quv rejadagi fanlar dasturlari ishlab chiqilgan edi. Endi kengroq doirada ushbu unitlar muhokama qilindi, o’qituvchilar ECVET, RUECVET loyihasi, loyiha sayti haqida batafsil ma’lumot oldilar.

O’quv natijalari va ularning har bir unitda ta’riflanishi, shuningdek, baholash kriteriylari qizg’in muhokama qilindi va maqullandi.

 

Kommentariy qoldiring

Your email address will not be published. Required fields are marked *