Monitoring

2

7-iyul 2017 y.Erasmus+ dasturining Milliy Ofisi tomonidan Nukus davlat pedagogika institutida RUECVET loyihasining bajarilishi bo’yicha monitoring o’tkazildi. Monitoring uchrashuvi Qoraqalpoq davlat universitetida bo’lib o’tdi. Uchrashuv boshida qatnashuvchilar NEO eksperti Qudrathon Bahodirov tomonidan taqdim etilgan Erasmus+ dasturi haqidagi prezentasiyasi bilan tanishdilar  va ushbu dasturning pedagoglar, rahbar hodimlar va talabalar uchun imkoniyatlari haqidagi savollariga javoblar oldilar.

Keyin TEMPUS va Erasmus+ dasturlari bo’yicha amalga oshirilayotgan va tugatilgan loyihalar taqdimoti bo’ldi. Shuni aytish lozim-ki, Erasmus+ dasturi taqdimoti va loyihalar taqdimoti davomida  uchrashuvchilar tomonidan berilgan savollar asosan O’zbekistonlik talabalar to’laqona mobillik imkoniyatlaridan foydalana ololmasligi (2-3 py holos)  va bunga to’siq bo’layotgan narsa bu Evropa universitetlarida talabalarimizning o’quv natijasida to’plagan kreditlari o’z universitetiga qaytganida hisobga olinmasligi  sabab bo’layotganligi  aytib o’tildi.

Erasmus+ dasturi doirasida EACEA tomonidan moliyalashtirilayotgan RUECVET loyihasi  bu muammoning yechilishida muhim qadamlar bo’lib hisoblanadi, sababi uning maqsadi ECVET-ni Rossiya va O’zbekiston kasb-hunar ta’limiga va keyinchalik oliy ta’limiga moslashtirish va tadbiq etish uslubiyatini   ishlab chiqishdan iborat.

Nukus davlat pedagogika institutida bajarilayotgan va 3 yilga mo’ljallangan RUECVET loyihasining taqdimoti loyiha Koordinatori Asiya Tureniyazova tomonidan qilindi. Hisobotda amalga oshirilgan ishlar va rejalar haqidagi ma’lumotlar keltirildi va savollarga javoblar berildi.

Kommentariy qoldiring

Your email address will not be published. Required fields are marked *