Hisobotlar

HISOBOT-O‘ZBEKISTON KASB-HUNAR TA’LIMI HOLATI VA XUSUSIYATLARI

«O‘ZBEKISTON KASB-HUNAR TA’LIMI HOLATI VA XUSUSIYATLARI. SINOV BIRLIKLARI TIZIMINI JORIY ETISH UCHUN O‘ZBEK MILLIY RAMKASI» mavzusidagi hisobotning qisqacha mazmuni

 Mazkur hisobotda O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga mos ravishda oxirgi o‘n yil davomida isloh qilinayotgan ta’lim tizimi, xususan, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimining zamonaviy tuzilmasi, O‘zbekistonda kasbiy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ta’limiy dasturlar tavsifi bayon qilingan.

Hisobot quyidagi bo`limlardan tashkil topgan: O‘zbekistondagi kasb-hunar ta’limi milliy tizimining mazmuni; O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi tizimi tahlili; milliy malaka tizimi va kasb-hunar ta’limi; sifat ta’minoti, akkreditatsiya va tan olish tizimi.

Alohida e’tibor O‘zbekistonda Yevropa sinov birliklari tizimi ECVETni joriy etishga ta’sir qiluvchi asosiy sohalar tahliliga qaratilgan.