Hamkorlarning 4-xalqaro uchrashuvi Tver davlat Universitetida 2018-yil 10-12 iyul oralig’ida bo’lib o’tadi

Treningning keyingi kunlari …

 Treningning keyingi kunlari quyidagi masalalar ko’rib chiqildi: Funksional Xaritalar, o’quv natijalari Unitlarini, 24 kasb bo’yicha konvertasiya qilingan O’quv dasturlarini tayorlash holati, ECVET bo’yicha qo’llanmaning rus tilidagi versiyasi, kasb-hunar kolledj o’qituvchilari uchun E-platforma, E-qo’llanma mazmuni, malaka oshirish kurslari uchun o’quv materiallari va keyingi Ish rejasi.

Sifatni nazorat qilish va baholash rejasi asosida partnerlarning jo’natgan har 6 oylik hisobatlari bo’yicha ushbu paket liderlari tadimiot qildi.

Shuningdek, partnerlar 4 Milliy Trening Markazlarining holati, jihozlanishi, ish yuritishi va rejalari bo’yicha Rossiya DKHPU (P4), Tver Universiteti (P5), Nukus DPI (P9) va QDPI (P11) vakillarining hisobotini tingladi.

Loyiha haqida ma’lumot tarqatish Rejasi asosida olib borilayotgan ishlar, va jumladan disseminasiyaning asosiy vositasi sifatida, Web sayt holati muhokama qilindi va Oraliq hisobotga ekspertlarning bergan tavsiyalarini hisobga olgan holda, loyiha ish paketlari bo’yicha har bir olingan natija web saytda o’z aksini topish zarurligi aytib o’tildi. Mobil qurilmalar uchun web sayt masalasi muhokama qilinganida, hozirgi kunda mavjud bo’lgan LMSlardan foydalanish taklifi kiritildi.

Partnerlar TDU dagi grant hisobidan kompyuter texnikasi bilan jihozlangan ECVET Milliy Trening Markazining ochilish marosimida qatnashdi.

Hamkorlar 2 aloqador partner – madaniyat va turizm kolledji, Torjok kolledji va zardustlik-kashtachilik fabrikasida mehmon bo’lib, u yerdagi o’quv jarayoni, ustaxonalarning jihozlanishi, talabalarning qo’l mehnati namunalari bilan yaqin tanishdilar.

1 2 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14     15

Kommentariy qoldiring

Your email address will not be published. Required fields are marked *