RUECVET seminarlari Nukusda

2019 yil 10 oktyabr kuni Milliy o’quv markazida NukDPI chet tillari fakulteti talabalari uchun “ECVETda o’quv natijalari bloklarini loyihalash” mavzusida seminar tashkil etildi. RUECVET loyihasining mahalliy koordinatori Asiya Tureniyazova ECVETning afzalliklari va asosiy printsiplari, akademik va mehnat harakatchanligi imkoniyatlari, oshkoralik va o’qitish sifatini ta’minlash tamoyillarini tushuntirdi. U shuningdek, maqsad va vazifalar, shuningdek RUECVET loyihasining natijalari haqida gapirdi. Trener Dina Mamyrbaeva ECVETda o’quv natijalari va o’quv natijalari bloklari tushunchalarining ma’nosini tushuntirdi. Ishtirokchilarga ECVET metodologiyasi loyiha jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan o’quv natijalari bloklari misollari yordamida ko’rsatildi, savollarga javoblar berildi va seminar muvaffaqiyatli yakunlanganligi to’g’risida sertifikatlar berildi.

2019 yil 12 oktyabr kuni Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining Nukus filiali o’qituvchilari va magistrantlari, Nukus kompyuter texnologiyalari kolleji o’qituvchilari uchun “ECVET-da o’quv natijalari bloklarini loyihalash” mavzusida seminar tashkil etildi. NukDPIda amalga oshirilayotgan RUECVET loyihasining mahalliy koordinatori, ECVETning milliy eksperti, TATU axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Asiya Tureniyazova ECVET – kasbiy ta’lim uchun Evropa kredit tizimining mohiyati va afzalliklari, asosiy mexanizmlari va vositalari, va shuningdek, RUECVET loyihasining maqsad va vazifalari, erishilgan natijalari bilan tanishtirdi. ECVET-da o’quv natijalari va Unit -o’quv natijalari bloklari ta’riflari berildi, RUECVET loyihasi doirasida ishlab chiqilgan kasb-hunar kollejda Kompyuter texnigi kasbi uchun “Kompyuter tarmoqlari” va “Kompyuter Arxitekturasi” o’quv natijalari bloklari misollari asosida kredit tizimida o’quv dasturlarini ishlab chiqish metodikasi ko’rsatib berildi. Ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar va qatnashish Sertifikatlarini olishdi.

Kommentariy qoldiring

Your email address will not be published. Required fields are marked *